| row-start col-xs-12 col-8 colour-section narrow-section |
Buyuk Britaniya – O‘zbekiston Infratuzilma Konferensiyasi
17 fevral 2026, InterContinental mehmonxonasi, Shahrisabz ko‘chasi 2, Toshkent, O’zbekiston
Buyuk Britaniya – O‘zbekiston Infratuzilma Konferensiyasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi — bu yuqori darajadagi tadbir bo‘lib, siyosatchilar, davlat korxonalari, loyiha tashabbuskorlari, investorlar, shuningdek yetakchi Britaniya va O‘zbekiston kompaniyalarini O‘zbekistonning ustuvor infratuzilma kun tartibi bo‘yicha amaliy hamkorlik va sheriklik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun birlashtiradi. Biz Buyuk Britaniyaning Ozarbayjon va Markaziy Osiyo bo‘yicha Savdo elchisi, Hurmatli Lord Alderdaysning bosh ma’ruzachi sifatida ishtirokini tasdiqlashdan mamnunmiz.
Konferensiya quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
-
Transport infratuzilmasi, jumladan, temir yo‘l va aeroportlar
-
Shaharsozlik va qurilish
-
Energetika, suv va shifoxonalar infratuzilmasi
-
Infratuzilmani moliyalashtirish va PPP modellar
Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladilar:
-
Davlat sektorining yuqori martabali vakillari va qaror qabul qiluvchi shaxslar bilan bevosita muloqot
-
Britaniya va O‘zbekiston sanoat yetakchilari va loyihalarni amalga oshiruvchi hamkorlar bilan aloqa o’rnatish (networking) imkoniyatlari
-
Ustuvor loyihalar, investitsiya ehtiyojlari va amalga oshirishdagi muammolar bo‘yicha fikrlar
-
Loyiha ishlab chiqish, amalga oshirish va uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha sherikliklar uchun imkoniyatlar
Joylar soni cheklangan — ishtirok tasdiqlangan bo’lishi shart.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun so’nggi muddat: 12 fevral, soat 18:00 (Toshkent vaqti)
